Mavsumni premer-ligada boshlagan Fabregas uni A Seriyada yakunlashi mumkin

  • 26 noyabr, 2018, 11:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi  Sesk Fabregas davralar oralig‘ida “Milan”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

Football Italia nashrining xabar berishicha “rossonerilar” ayni damda 31 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan bu borada faol muzokaralar o‘tkazmoqda. Qolaversa, uning o‘zi ham barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini o‘zgartirishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Fabregas joriy mavsum “Chelsi” safida jami 9ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta golga assistentlik qilishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi esa 2019 yil o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!