Mbappe PSJdan 55 mln evro va shaxsiy samolyot talab qilmoqda
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe 2017 yilda Parij klubiga o‘tish borasidagi transfer muzokaralari vaqtida shaxsiy kelishuv bo‘yicha juda katta talablarni qo‘ygan.
Avvaliga Mbappe “Monako”ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi bo‘lishni istagan va yiliga 8 million evro talab qilgan. Futbolchiga PSJ va “Real” taklif bilan chiqqan. Parijliklar Mbappe uchun 180 millionov evro to‘lashga tayyorligini ma’lum qilgan, Madrid klubi esa 214 million.
Futbolchi PSJni tanlagan va futbol agenti Jorje Mendesh transfer ishtirokchiga aylanib, uning 5%iga hissador hisoblangan.
Besh yillik bo‘yicha Mbappe PSJ 55 million evro va shaxsiy samolyot talab qilgan. Shundan 5 mln evro shartnoma imzolagani uchun shaxsiy hisob-raqamga tushirilishi kerak bo‘lgan. Qolgan mablag‘ esa mavsumlarga bo‘lib yuborilgan. Shuningdek Mbappe yana “Oltin to‘p”ni oladigan bo‘lsa, klub uni eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirish shartini qo‘ygan.

Fikrlar