
Menni Pakyao Amir Xan bilan urushmaydi
Yarim o‘rta vazn toifasining WBO chempionlik kamari sohibi 38 yoshli filippinlik Menni Pakyao (59-6-2, 38KO) o‘zining navbatdagi jangini britaniyalik Amir Xanga qarshi o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.
Biroq filippinlik bokschi Pakyaoning promouteri Bob Arumning so‘zlariga ko‘ra, jang tashkil qilinmaydi. Avvalroq jang sanasi 23 aprelga belgilangan edi, biroq keyinroq 20 mayga ko‘chirilgan.
– Men boshqa raqib bilan boshqa jang haqida gapiryapman. Amir Xan Pakaoning keyingi raqibi bo‘lmaydi, – deydi Arum BBC nashriga.
Fikrlar