Menni Pakyaoning sobiq ashaddiy raqibi faoliyatini yakunladi
To‘rt vazn toifasining sobiq jahon chempioni Xuan Manuel Markes professional faoliyatini yakunlashga qaror qildi. 43 yoshli Markes to‘rt vaznda chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan uch nafar meksikalik bokschilardan biri. Bungacha Xorxe Arse va Erik Morales bu natijani qayd etgan. Xuan Manuel jami 7 jahon chempionligi kamarini qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, Markes filippinlik Menni Pakyao bilan to‘rt marta jang o‘tkazgani bilan ham boks muxlislariga ancha tanish. Shulardan bittasida Xuan Manuel durang qayd etgan bo‘lsa, ikki martasida mag‘lubiyata uchragan. Qolgan bitta jangda esa og‘ir nokaut bilan zafar quchgan.

Markes faoliyati davomida Manuel Medina, Derrik Geyner, Orlando Salido, Marko Antonio Barrera, Xoel Kasamayor, Xuan Dias singari taniqli bokschilardan ustun kelgan bo‘lsa, Kris Jon, Floyd Meyvezer, Timoti Bredliga imkoniyatni boy bergan.
Markes jami 56 g‘alaba (40 nokaut), 7 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.
Markes faoliyatini 1993 yilda boshlagan. So‘nggi marta 2014 yilda ringga ko‘tarilib, Mayk Alvarado mag‘lub qilgan edi. Shundan so‘ng Xuan Manuel boksga qaytishga harakat qildi, biroz jarohatlar bunga yo‘l qo‘ymadi.

Fikrlar