Meyvezer: Men 36 daqiqada 300 mln dollar ishlab topaman
Boks bo‘yicha besh vazn tofiasining sobiq jahon chempioni amerikalik Floyd Meyvezer UFC jangchisi irlandiyalik Konor Makgregor bilan bo‘ladigan to‘qnashuvda 300 mln dollardan ko‘p ishlab olishni rejalashtirmoqda.
– Biz 4 yoki 5 yilga tuziladigan shartnomalar haqida gapirmayapmiz. 36 daqiqa men 300 mln yoei undan ham ko‘proq ishlab topaman. Ha, atigi 36 daqiqada, — deya Meyvezerning so‘zlarini keltiradi TMZ nashri.
Eslatib o‘tamiz, Meyvezer va Makgregor o‘rtasidagi qarama-qarshilik 26 avgust kuni Las-Vegasada (Nevada shtati, AQSh) tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Mazkur jang boks qoidalari bo‘yicha birinchi yarim o‘rta vazn toifasida o‘tkaziladi.

Fikrlar