Mixael Tsork: Pulishich bilan kelisha olmaganimizdan so‘ng "Chelsi"ning taklifini qabul qildik

  • 02.01.2019 15:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning “Borussiya” klubi sport direktori Mixael Tsork jamoa yarim himoyachisi Kristian Pulishichning “Chelsi”ga transfer qilinishi bo‘yicha gapirib o‘tdi.

“Kristian hamisha premer-ligada o‘ynashni orzu qilgan. Bu shubhasiz uning amerikalik ekani bilan bog‘liq. Biz u bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmadik.

O‘z navbatida biz Pulishichning transferi bo‘yicha “Chelsi”dan ajoyib taklif olganimizni va uni qabul qilganimizni ham ta’kidlashimiz lozim.

Shu bilan birga Pulishich mavsum yakunigacha o‘zining professional futbolchilik faoliyatini to‘la ado etib, jamoamizga yordam berishiga ishonaman”, - deydi Tsork.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq dortmundliklar 20 yoshli AQShlik futbolchini 64 mln evro evaziga “Chelsi”ga sotgani haqida xabar berilgan edi. Biroq, Pulishich joriy mavsum yakuniga qadar “Borussiya”da ijara asosida to‘p suradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!