
"Monako" navbatdagi transferini e’lon qildi
"Monako" klubi o‘zining himoya chizig‘ini "Lill" futbolchisi Fode Ballo-Ture bilan kuchaytirdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli futbolchi monakoliklar bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi. Ushbu transfer “Monako”ga 14 mln evroga tushdi.
Ma’lumot uchun, Ballo-Ture joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 18ta o‘yinda maydonga tushib, jamoasining 2ta goliga assistentlik qilishga erishgan.
Fikrlar