Igor Sergeev: Menga hali hech kim telefon qilmadi

  • 26 may, 01:17
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 11-turi doirasida "Paxtakor" "JAR"da "Xorazm"ni qabul qildi. Mazkur bellashuvda "sherlar" 2:1 hisobida zafar quchdi. 

Bellashuvdan so‘ng "Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev saytimiz jurnalistlarini qiziqtirgan savollarga javob berdi. 

110-golini urgani haqida

Xudoga shukr, gol urdim. To‘g‘risi, bu haqida o‘ylamagandim. Men o‘yinga nafaqat gol urish uchun, balki, g‘alaba qozonish uchun tushaman. Sababi, futbol jamoaviy o‘yin. Bu uchun yigitlarga rahmat aytaman. Ular menga uzatmalar beryapti va gollar urishimga yordamlashmoqda. Bu barchamizning g‘alabamiz. Juda xursandman. Bu  men uchun ajoyib tarix bo‘ldi. 

Temur Kapadze sizga telefon qildimi? (Termaga chaqirish masalasida) 

- Yo‘q, hali menga hech kim telefon qilmadi. Men bilan hech kim gaplashmadi ham. Hali terma jamoani qaydnomasi chiqmadi. Ko‘rami va kutamiz. Har qanday holatda ham umid qilamaman. 

Jarohatdan keyin tiklanish jarayoni haqida

- Sport formamni tiklab olishim kerak edi. Asta-sekin qaytyapman, xudoga shukr gollar uryapman. Jarohatdan keyin boshimdan o‘tkazgan hammasini ham tushuntira olmayman, lekin qiyin bo‘ldi. Xudoga shukr, hozir hammasi yaxshi. Lekin hozir ham to‘liq tiklanishga harakatni davom ettiryapmam va tizza uchun muolajalar olyapman.

Chempionlik uchun kurash haqida

- Buning uchun hammasini qilamiz. Ha, biz ochkolar yo‘qotdik, bu futbol. Ayniqsa, hozir har bir ochko oltinga teng. Shunday ekan, o‘zimizga qila olamizmi yoki yo‘q degan savolni ham bermaymiz. Bizda "Paxtakor"ning DNKsi bor. Har bir o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Farqi yo‘q, chempion bo‘lamizmi yoki yo‘q. Yutamizmi, yutqazamizmi, maydonga g‘alaba uchun tushamiz. Hech qanaqa durang uchun ham emas, faqat g‘alaba uchun. 

Kamoliddin Tojiev mavsum yakuniga qadar "Paxtakor"ni boshqarishi haqida 

- Menincha, bu savolga javob berish va buni muhokama qilish men uchun emas. Kamol aka, professional murabbiy. Men undan juda mamnunman. U bilan juda yosh paytimdayoq o‘ynaganman. Shunday ekan, menda hech qanaqa e’tiroz yo‘q. 



 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!