Mourino MYu rahbariyatidan "Barselona" futbolchisini sotib olishni so‘ramoqda
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi "Barselona" himoyachisi Yerri Mina uchun kurash boshladi.
RMC Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli kolumbiyalik futbolchining transferini shaxsan mankuanliklar bosh murabbiyi Joze Mourino istamoqda. Kataloniyaliklar esa futbolchini 30 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Ma’lumotlarga qaraganda Minaga shuningdek "Lion", "Everton" va "Zenit" klublaridan ham jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Futbolchining o‘zi esa yangi mavsumni ham "Barselona"da o‘tkazmoqchi.

Fikrlar