Mourino Portugaliya terma jamoasiga ustozlik qilishi mumkin
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Portugaliya terma jamoasida ish boshlashi mumkin.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik mutaxassis bu mavsum APLda iste’foga chiqishi kutilayotgan asosiy murabbiy sifatida tilga olinmoqda.
To‘g‘ri, Portugaliya futbol rahbariyatiga terma jamoaning hozirgi murabbiyi Fernandu Santush ham juda yoqadi, biroq, agar Mourino ishsiz qolsa u holda ular uning nomzodini ham ko‘rib chiqishlari kutilmoqda.

Fikrlar