Muattar Nabieva medal ostonasida qolib ketdi

CHERY AUTO

Biroz avval Osiyo o‘yinlari doirasidan o‘rin olgan og‘ir atletika bellashuvlarining bugungi kun bahslariga yakun yasaldi. Ushbu bahsda vazni 58 kilogrammgacha bo‘lgan ayollar ishtirok etishdi. 

Tecno

Unda terma jamoamiz sharafini himoya qilgan Muattar Nabieva afsuski, to‘rtinchi o‘rinda qolib ketdi. Yurtdoshimiz dast ko‘tarishda 98 kg, siltab ko‘tarishda 119 kilogramm toshni o‘ziga bo‘y sundirib, yakunda 217 kilogramm natija qayd etdi. Bu esa yakunda vakilamizning to‘rtinchi pog‘onada bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. 

Oltin medal Xitoy Taipeyi vakilasiga nasib etdi. Kumush va bronza medallari Tailand hamda Yaponiya terma jamoasi a’zolariga tegdi. E’tiborlisi, Nabievani uchinchi o‘rin egasi bilan atigi 1 kilogramm ajratib qoldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!