"Nasaf" - "Qo‘qon-1912". Jamoalar ertaga qanday liboslarda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi
Bugun Qarshidagi “Markaziy” stadionda Pepsi Superliganing 18-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - “Qo‘qon-1912” o‘yinidan oldingi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qo‘qon klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilishda har ikki jamoa vakillari va uchrashuv komissari R. Chernikov hamda hakamlar nazoratchisi M. Ismoilovlar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda o‘yindagi tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Ertaga bo‘ladigan uchrashuvda jamoalar qanday rangdagi liboslarda maydonga tushishlari borasida kelishib olindi.
Unga ko‘ra, ertangi bahsda mehmonlar - “Qo‘qon-1912” jamoasi oq rangli formalarda, darvozabonimiz qizil-qora libosda maydonga tushadi. Mezbonlar “Nasaf” futbolchilari esa qizil rangli liboslarda maydonga tushadigan bo‘lishdi.

Fikrlar