"Navbahor" nazorat o‘yini o‘tkazadi

Namangan klubi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, Sunnatilla Abdurasulov boshchiligidagi U-21terma jamoamiz “Chig‘atoy” sport bazasida 31 avgustgacha yig‘in o‘tkazadi. Shundan so‘ng, terma jamoa a’zolari 1 sentyabr kuni Xitoyga jo‘nab ketishadi. Xitoyning Kunmin shahrida  Sunnatilla Abdurasulov shogirdlari Myanma, Tojikiston va Xitoy U-21 terma jamoalari bilan xalqaro musobaqada kuch sinashishadi. Ushbu xalqaro musobaqa terma jamoamiz vakillari uchun navbatdagi Osiyo chempionatining saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

“Lochinlar”ga qarshi kechadigan nazorat-sinov bahsi U-21 terma jamoamiz uchun xalqaro musobaqa oldidan futbolchilarning jismoniy holatlarini yaxshilab olish uchun  o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘tasa, “Navbahor” a’zolariga o‘yin amaliyotini saqlab turish uchun yordam beradi.  

Ilhom Mo‘minjonov shogirdlari ertaga ertalab trenajyor zalda shug‘ullanishadi. “Lochinlar”ning U-21 terma jamoamizga qarshi o‘rtoqlik o‘yini ertaga Qibraydagi stadionda soat 17:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!