Nursulton Ro‘ziboev 5 kunda ikkita jang o‘tkazadi

Aralash yakkakurashlarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboev o‘zining navbatdagi jangini 18 noyabr kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o‘tkazadi. Ushbu to‘qnashuvda Nursultonga chechenistonlik Jangchuraev Axmat raqiblik qiladi.

Shundan so‘ng sportchimiz 22 noyabr kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan “WEF GLOBAL 10” turnirida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga yo‘l oladi. Mazkur musobaqada u mezbonlar vakili Erbolot Omorzakov bilan kuch sinashadi.

Shuningdek, o‘sha kuni bu turnirda yana bir hamyurtimiz Murod Xanturaev ham ringa ko‘tariladi. U rossiyalik Konstantin Andreytsev bilan to‘qnash keladi.

Kechaning asosiy jangida esa qirg‘izistonlik Qilichbek Sarkarbaev (9-2-0) yarim og‘ir vazn toifasida WEF GLOBAL jahon chempionligi kamari uchun kechadigan jangda amerikalik tajribali jangchi Ali “FLEX” Muxammed (10-5-0) bilan kurash olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Nursulton bundan tashqari 16 dekabr kuni Grozniy shahrida o‘tkaziladigan aralash yakkakurash jang san’atlari bo‘yicha "WFCA 44" turnirida ham ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!