
Ozarbayjonda xalqaro turnir boshlandi
Bugun Ozarbayjonda dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi «Cadet International tournament U 18» xalqaro turniri boshlandi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu musobaqada jahonning 8 mamlakatidan yosh dzyudochilar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishmoqda. Bellashuvlarda murabbiy Tohir Fayziev boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Terma jamoamiz Ozarbayjonga quyidagi tarkibda yo‘l olgan:
-44 kg: Xosiyat Hasanboeva
-55 kg: Bahrom Boturov
-57 kg: Shukurjon Aminov
-60 kg: Nodirxo‘ja Sametdinov, Kamoliddin Baxtiyorov
-66 kg: Suhrob Toshboev
-70 kg: Irisxon Qurbonboeva
+90 kg: Islombek Ravshanqulov
Fikrlar