O‘zbek bokschilari xalqaro turnirga yo‘l oldi
Shu yilning 13-17 mart kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Evropa boks konfederatsiyasi va Ozarbayjon boks federatsiyasi hamkorligida "Buyuk ipak yo‘li - 2017" xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.
O‘ninchi marotaba tashkil etilayotgan ushbu nufuzli musobaqada dunyoning qator mamlakatlari eng kuchli bokschilari bilan ishtirok etadi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining etti nafar bokschisi qatnashadi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatidan SPORTS.uz axborot portaliga xabar berishlaricha, nufuzli musobaqada quyidagi tarkib ishtirok etadi.
1. Mironshoh Ibrohimov
2. Sirojiddin G‘ulomjonov
3. Iqboljon Xoldorov
4. Fazliddin Meliboev
5. Madiyor Saidrahimov
6. Mahmud G‘oipov
7. Sardor Begaliev
Turnirda qatnashadigan bokschilarimizga Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari - Rustam Saidov va O‘tkirbek Haydarov murabbiylik qiladi. Jasur Qurbonov musobaqa hakamlari ro‘yxatidan joy olgan.
O‘zbekiston terma jamoasi bugun soat 9:30 da Ozarbayjon poytaxti Boku shahriga uchib ketdi.

Fikrlar