O‘zbekiston U-17 Ispaniyaga jo‘nab ketdi

  • 8 oktabr, 2018, 09:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Otabek G‘ulomxo‘jaev murabbiyligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi oktyabr oyida Ispaniyaning Malaga shahrida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqa oldidan Toshkentda yig‘inga kirishgani haqida xabar bergan edik. Ushbu o‘yinda O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘rinbosarlari ustidan 2-0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi kecha tunda Ispaniyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Malagada bo‘lib o‘tadigan musobaqada O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Frantsiya, Belgiya hamda Shotlandiya U-18 terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. 10 oktyabr kuni birinchi bahsda vakillarimizga Frantsiya U-18 terma jamoasi raqiblik qilsa, 13 oktyabr kuni Belgiyaga qarshi bahs olib boriladi. Musobaqadagi so‘nggi o‘yin 15 oktyabr kuni Shotlandiya U-18 terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!