
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi “Lokomotiv” ustidan g‘alaba qozondi
Bugun 5 oktyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” sport stadionida tashkillashtirilgan o‘yin nihoyasiga etdi. Murosasiz kechgan bahsda 2-0 hisobida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi g‘alaba qozondi.
Gollarni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi tarkibida Jasur Jaloliddinov hamda Ulug‘bek Xoshimovlar kiritishdi. Otabek G‘ulomxo‘jaev jamoasi 8 oktyabr kuni Ispaniyaga jo‘nab ketadi.
Eslatib o‘tamiz, Malagada bo‘lib o‘tadigan musobaqada O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 3 ta bahsda maydonga tushadi. 10 oktyabr kuni birinchi bahsda vakillarimizga Frantsiya U-18 terma jamoasi raqiblik qilsa, 13 oktyabr kuni Belgiyaga qarshi bahs olib boriladi. Musobaqadagi so‘nggi o‘yin 15 oktyabr kuni Shotlandiya U-18 terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar