O‘zbekiston U-17 termasi "Nurafshon" bilan durang o‘ynadi

  • 10 sentabr, 2018, 21:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Yig‘inda 25 futbolchi ishtirok etayotgan bo‘lsa, Otabek G‘ulomxo‘jaev shularning 20 nafarini amalda sinov oldi. Yana besh futbolchi ertaga bo‘lib o‘tadigan “Bunyodkor” yoshlariga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. 
 
O‘rtoqlik o‘yinida 3:3 hisobi qayd etildi. 17 yoshli futbolchilar 0:2 hisobida ortda borayotgan bir vaqtda vaziyatdan chiqib ketishni uddalay oldi. Biroq g‘alabani ushlab qolish ularga nasib qilmadi. Qayd etish kerak, “Nurafshon” klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan avvalgi yig‘inlar doirasidagi o‘yinlarning birida yoshlar 1:0 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, yana birida hisob ochilmagandi — 0:0. 
 
Mazkur uchrashuvda Toshkent viloyati klubidan bir futbolchi qo‘pol harakati uchun maydondan chetlatildi. Uchrashuv o‘rtoqlik maqomida bo‘lgani uchun “Nurafshon” bosh murabbiyi qizil kartochka olgan futbolchining o‘rnini yangisi bilan to‘ldirdi. 
 
Sinov-nazorat o‘yini
 
10 sentyabr, dushanba
 
O‘zbekiston U-17 — “Nurafshon” 3:3
 
Gollar: Murod To‘ychiboev, 6 (0:1). Ruslan Beklich, 29 (0:2). Ibrohim Ibragimov, 42 (1:2). Ibrohim Ibragimov, 49 (2:2). Xushnud Bozorov, 65 (3:2). Murod To‘ychiboev, 81 (3:3).
 
O‘zbekiston U17: Asad Polvonov (Mo‘min Qodirov, 46) — Asliddin Toshtemirov, Eldor Begimov (Saidazamat Mirsaidov, 60), Sunnat Hamidjonov (Xurshid Ubaydullaev, 67), Avaz Mamajonov (Sodiq Ortiqov, 46) — Mironshoh Sattorov (Xushnud Bozorov, 55), Jo‘rabek Ergashev (Abdulaziz Abdusalomov, 32), Javohir Yusupov (Abubakr Turdialiev, 27), Ibrohim Ibragimov — Rustam Azimov (Alisher Odilov, 46), Ruslan Ro‘ziev (Abdulloh G‘aybullaev, 67). 
 
“Nurafshon”: Abdurahim Muhamedov (Ravshan Yagudin, 85) — Nursos Qambarov (Abdug‘ani Kamolov, 41), Abbos Isroilov  (Orifxo‘ja Abduxoliqov, 50), Muhammadodil Qahramonov, Doston Bahromov, Rixsixo‘ja Ahmadxo‘jaev, Azamat Roziqov (Azamat Aydarov, 70), Ruslan Beklich (Asqar Jadigerov, 46), Dilshod Fayziev, Orif Hakimjonov, Murod To‘ychiboev. 
 
Ogohlantirish: Abubakr Turdialiev (58) — Abbos Isroilov (86).
Chetlatish: Nursos Qambarov, 41 (N).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!