O‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboev 2 iyul kuni jahon chempionligi uchun ringga chiqadi (foto+video)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Aralash yakkakurashlar janglarida (MMA) faoliyat yuritib kelayotgan o‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboev o‘zining navbatdagi jangini 2 iyul kuni Moskva shahrida o‘tkazadi. “Black” nomi bilan mashhur bo‘lgan sportchimiz “WEF” kamari uchun kechadigan jahon chempionligi bellashuvida qirg‘izistonlik Sulton uuluga qarshi ringga ko‘tariladi.

Mazkur jangga tayyorgarliklarni asosan Andijonda o‘tkazdik. Mashg‘ulotlar kuchaytirilgan tarzda olib borildi. Sababi oldimizdagi jang faoliyatimizda muhim o‘rin tutadi. Shunday ekan. ushbu jangda g‘alaba qozonib, muxlislarni xursand qilmoqchiman. Nasib qilsa yurtimizga faoliyatimdagi to‘rtinchi - jahon chempionligi kamari bilan qaytishni niyat qilganman, – deydi Nursulton.

Ma’lumot uchun: Nursulton Ro‘ziboev 1993 yili Andijon viloyatida tug‘ilgan. MMAda to‘rt yildan beri shug‘ullanib kelmoqda. Shu vaqtga qadar u professional ringda 19 jang o‘tkazib, 16 tasida g‘alaba qozongan. 2015 yili Osiyo chempionati professional janglarida bosh kamarni qo‘lga kiritgan. 2016 yil avgustda Janubiy Koreyada o‘tkazilgan yarim professionallar o‘rtasida chempionlikni nishonlagan bo‘lsa, oktyabr oyida jahon chempioniga aylandi.

 

 

Iyun oyida esa Qozog‘istonning Almati shahrida aralash janglar, ya’ni MMA bo‘yicha “Boytsovskiy Klub “777” Kubogida mezbonlar vakili Arman Alimovni mag‘lub etgan edi. Bosh mukofot sifatida u “Lada Grant” avtomobili bilan taqdirlangan edi.

Biz ham sportchimizga bo‘lajak jangda omad tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!