O‘zbekistonning eng zo‘r bokschilari Qirol kubogi uchun kurashga kirishmoqda

  • 4 aprel, 2017, 12:21
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

 

Tecno

Tailand poytaxti Bangkok shahrida yuqori nufuzli musobaqa - boks bo‘yicha "Qirol kubogi-2017" xalqaro turniri boshlandi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatidan SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum qilishlaricha, O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkib bokschilari ushbu musobaqada ishtirok etish uchun Tailandga etib bordi. 

Terma jamoamiz murabbiylari musobaqaga Olimpiya chempionlari Hasanboy Do‘smatov, Shahobiddin Zoirov, Olimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi Shahram G‘iyosov, Olimpiada sovrindori Murodjon Ahmadaliev, o‘z vazn toifasida etakchi bokschilar - Elnur Abduraimov, Isroil Madrimov, Jasur Latipovni jalb qilgan.

Musobaqaga oid eng so‘nggi xabar va yangiliklarni SPORTS.uz axborot portali orqali kuzatib boring!

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!