
O‘zil qishda jamoasini o‘zgartiradimi?
Daily Express xabariga ko‘ra, germaniyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirgan. Mankunianlar ustozi Joze Mourino hozirda hujumkor yarim himoyachi izlamoqda va bu o‘rin uchun O‘zilni Manchesterga taklif etishi mumkin.
Ilgariroq OAVda Mesutning "Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri bilan munosabatlari yomonlashgani haqida xabarlar tarqalgan edi, ammo isppaniyalik mutaxassis bularning barini rad etgan.
O‘zilning "to‘pchilar" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilda poyoniga etadi. U Londonda haftasiga 350 ming evro maosh oladi.
Fikrlar