PSJ Raboni Pyanichga almashmoqchi
PSJ klubining "Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanichga bo‘lgan qiziqishi hamon so‘nmayapti.
Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar 28 yoshli bosniyalik futbolchi uchun o‘zining frantsiyalik yarim himoyachisi Adrien Rabo hamda unga qo‘shimcha 30 mln evro bermoqchi. Biroq, turinliklar Pyanichni 80 mln evroga baholashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pyanich uchun ayni damda "Barselona", "Manchester Siti" hamda "Chelsi" kabi grand klublar ham jiddiy kurash olib borishmoqda.
Fikrlar