Pakyao Freddi Rouch bilan hamkorlikni tugatish borasida yakuniy qarorga kelmagan

  • 20 aprel, 2018, 07:50
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni Menni Pakyao amerikalik murabbiyi Freddi Rouch bilan hamkorlikni to‘xtatish borasida yakuniy qarorga kelmadi.

Avvalroq, 39 yoshli filippinlik Rouch bilan hamkorlikni bekor qilingani xabar berilgan edi. Bokschi bu murabbiy qo‘l ostida 2001 yildan beri shug‘ullanib kelmoqda. Endi Pakyao filippinlik Buboy Fernandes bilan ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, iyulda Pakyao yarim o‘rta vazn toifasida WBA chempionlik tituli uchun argentinalik Lukas Matisse bilan kuch sinashadi.

Biz Freddi bilan bir oilamiz, shuning uchun men bu borada biror qarorga kelganim yo‘q, –deya Pakyaoning so‘zlarini keltiradi Reuters. – Agar men Matissega qarshi jangga tayyorgarlik uchun Fernandesni tanlasam, bu Freddi uchun eshiklar yopildi degani emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!