O‘zbekiston bilan o‘yin bor! Kolumbiya yulduzi faoliyatini yakunlamaydigan bo‘ldi

  • 15.05.2026 06:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

MLSda AQShning “Minnesota Yunayted” klubi sharafini himoya qilayotgan mashhur yulduz Xames Rodriges faoliyatini yakunlayotgani haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirib o‘tdi.

- Buni kim aytganini bilmayman. Menimcha, Kolumbiyada kimdir ko‘rishlar sonini oshirish va layk yig‘ishga urin…Bunday masalalarda ular yaxshiroq ma’lumotga ega bo‘lishi kerak edi.

Qancha vaqt o‘ynamoqchiligimni faqat men o‘zim bilaman. Buni darhol aytaman. Mening faoliyatimda hali oldinda yana bir necha yil bor.

Aytilayotgan gaplarning barchasi – yolg‘on. Bu mamlakatga ham, odamlarga ham zarar yetkazadi. Ko‘pchilik haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan narsalarga ishonadi. Men hech qachon bunday gap aytmaganman.

Men yaxshi mashq qilyapman, har kuni to‘liq kuch bilan ishlayapman. Tayyor bo‘lish kerak. Sen 20, 30 yoki 40 daqiqa o‘ynaysanmi, o‘yin yo‘nalishini o‘zgartirishga tayyor bo‘lishing lozim.

Men kelajak haqida bosh qotirishimga to‘g‘ri kelyapti. Endi yosh emasman va meni nima kutayotganini haqida o‘ylashim kerak, ammo bu ijobiy narsa bo‘lishiga ishonaman, - dedi Xames Rodriges.

34 yoshli kolumbiyalik futbolchi 29 mart kuni Fransiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan (1:3) keyin shifoxonaga yotqizilgan edi. Undan avval esa, Xames Rodriges terma jamoaning boshqa yulduzi Luis Dias bilan kelisha olmay qolgani va murabbiylar shtabi jahon chempionatiga ulardan faqat bittasini olib ketishni o‘ylayotgani haqida ma’lumotlar chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, Kolumbiya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida “K” kvartetida Portugaliya, O‘zbekiston va Kongo Demokratik Respublikasi futbolchilari bilan raqobatlashadi.

Mundialdagi birinchi uchrashuvni kolumbiyaliklar Amerika vaqti bilan 17 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bu bahs Meksikaning dunyoga mashhur “Atsteka” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston jahon chempionatida nechta gol urishi aytildi

Husanov katta yangilik kutmoqda

Husanov Ramazonda meni hayratga solgan!

“Siti”ni birinchi o‘ringa ko‘tarishga hissa qo‘shgan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

“Siti” chempionlik kurashiga qaytgan to‘qnashuvda Husanovning o‘yin qanday baholandi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!