Pakyao Rossiyada ringga chiqishi mumkin

  • 12 yanvar, 2017, 10:42
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO


WBO versiyasi bo‘yicha jahon chempioni filippinlik Menni Pakyao o‘zining navbatdagi jangini 23 aprel kuni avstraliyalik Jeff Xornga qarshi ringga chiqishi haqida xabar bergan edik. Sportsnet nashri xabariga ko‘ra, jangning o‘tkazilish joyi hozircha tasdiqlanganicha yo‘q, ammo unga AQSh, Yaqin Sharq va Avstraliya da’vogarlik qilmoqda.

Pakyaoning promouteri Bob Arum bu savolga biroz aniqlik kiritganday bo‘ldi. U Boxingscene portaliga bergan intervyularidan birida mazkur to‘qnashuv iyul oyida Rossiyada bo‘lishi haqiqatga yaqinroq ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

manny pacquiao

Biz bu yil to‘rtta jang o‘tkazishni rejalashtiryapmiz. Bizda iyul oyida Rossiyada jangni o‘tkazish bo‘yicha taklif oldik. Shuningdek, sentyabrda Evropada, Terens Kroufordga qarshi noyabr yoki dekabrda AQShda bo‘lib o‘tishi mumkin. Aynan shu jang Mennining faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, – deydi Arum.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!