Pakyao bu yil to‘rtta jang o‘tkaza olmaydi

  • 26 yanvar, 2017, 12:27
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘rta vazn toifasining WBO versiyasi bo‘yicha chempionik kamari sohibi filippinlik Menni Pakyao promouter Bob Arumning so‘zlariga rad qildi. Gap shundaki, Arum filippinlik bokschi bu yil to‘rtta jang o‘tkazishini aytib o‘tgan edi. Uning mazkur janglardagi raqiblari avstraliyalik Jeff Xorn va amerikalik Terens Krouford bo‘ladi.

Tecno

– Men odamman, robot emas, Menga bir yilda to‘rtta jang o‘tkazish og‘ir. Yilda to‘rt marta ringga chiqish mumkin emas, – deydi Pakyao The Ring nashriga.

Manny_Pacquiao

Pakyao o‘zining navbatdagi jangini 23 aprel kuni Xornga qarshi o‘tkazadi. Jang Avstraliyada bo‘lishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!