Pakyao faoliyatini yakunlamoqchi emas

  • 16 iyul, 2018, 19:55
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Filippinlik bokschi Menni Pakyao argentinalik Lukas Matisse ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng faoliyatini yakunlamoqchi emasligini ta’kidlab o‘tdi. Mazkur jang Pakyao WBA versiyasi bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Avval aytganimdek, boksdan ketmayman. Men hali shu erdaman. Hozir men dam olishim zarur. Keyin ringga qaytaman. Bu jangning ahamiyati katta edi. Ajoyib g‘alabaga erishdim. Yoshim 39da, biroq hammasi joyida. Men ko‘p ishlayman. Hamma bu jangga qanday tayyorgarlik ko‘rganimni ko‘rdi va 27-28 yosh deya baho berishdi, – deya Menni Pakyaoning so‘zlarini keltiradi BoxingScene nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!