
"Paxtakor" 3-turdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Mini-futbol bo‘yicha Oliy Liga jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati 3-tur uchinchi kuni taqvimidan o‘rin olgan so‘nggi bahs o‘z yakuniga etdi.
Kunning so‘nggi uchrashuvida “Metallurg” va “Paxtakor” jamoalari o‘zaro to‘qnashdi va bu o‘yin 5:6 hisobida toshkentliklar foydasiga hal bo‘ldi.
Qayd etish joiz, “Paxtakor” 3-tur doirasida o‘tkazilgan har ikki o‘yinda mag‘lubiyatga uchrab kelayotgan edi.
Ma’lumot o‘rnida oldinroq, “Olmaliq” – “Bunyodkor” bahsida Andrey Petrov shogirdlarining qo‘li bilan kelgandi.
Oliy liga
3-tur, 3-kun
18.01.2017
"Metallurg" - "Paxtakor" 5:6
Gollar: Sh.Bo‘riev 5, Sh.Dehqonov 33, 34, 36, 38 - A.Aminov 4, M.Mirhamidov 5, L.Gabdurafikov 23, 26, U.Zaynitdinov 32, A.Loktionov 40
Fikrlar