“Paxtakor” Birinchi liga jamoasi bilan durang o‘ynadi
"Paxtakor" ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonida yana bir nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.
"NBU-Osiyo" bilan maydonga tushgan "sherlar" 20-daqiqada Kanyukning jarima zarbasini aniq bajarishi evaziga hisobni ochishdi. Bo‘lim oxirigacha bir qator qulay vaziyatlarda raqib posboni mahorat ko‘rsatdi.
Tanaffusdan keyin asosan yoshlardan iborat tarkibga imkon berildi. 50-daqiqada mehmonlar muvozanatni tiklashdi. Bellashuv yakuniga qadar "Paxtakor"ga ko‘plab qulay vaziyatlardan foydalanish nasib etmadi.
"Paxtakor" - "NBU-Osiyo" - 1:1 (1:0)
Gol: Kanyuk 20.
"Paxtakor" (1-bo‘lim): Lobanov, Yusupov, Simich, Tojiev, Hoshimov, Ahmedov, Kanyuk, Bezerra, Nurullaev, Ibrohimov, Sergeev.
"Paxtakor" (2-bo‘lim): Suyunov, Yo‘ldoshev, Ermamatov, A’zamov, Avilov, Yusupov (Iskanderov, 60), Ismatullaev, Jo‘raev, Mahmudhojiev, Sa’dillaev, Hakimov.



Fikrlar