
Pepsi Superliga. "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Qo‘qon-1912" navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi
Bugun Pepsi Superligasida 17-tur o‘yinlari start oldi. Kun doirasidan 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Dastavval Qo‘qonda mahalliy "Qo‘qon-1912" klubi AGMK bilan bahs olib bordi va AGMKdan 3:0 hisobida ustun keldi.
Markaziy o‘yin deya e’tirof etilgan "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvi esa "temiryo‘lchilar"ning 3:1 hisobidagi g‘alabani bilan yakun topdi.
Navoiyga safar uyushtirgan "Paxtakor" esa "Qizilqum" ustidan irodali g‘alabaga erishdi.
Fikrlar