Pogbaning "Barselona"ga o‘tishi biroz kechikadigan bo‘ldi
"Barselona" klubi rahbariyati "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib olishni biroz kechiktirishga qaror qildi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra kataloniyaliklar Angliyada transfer derazasi yovilganini inobatga olib, MYuni bu transferga ko‘ndira olmasliklariga ishonishmoqda. Chunki, agar mankuanliklar o‘zining etakchi futbolchisini qo‘yib yuborishsa, ularda uning o‘rniga yangi futbolchi sotib olish imkoniyati yo‘q.
“Barselona” esa endi 25 yoshli frantsiyalik futbolchini qishki transferlar davrida yoki kelgusi yoz qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi.

Fikrlar