Pogbaning MYudagi taqdiri noyabr oyida ma’lum bo‘ladi

  • 28 sentabr, 2018, 19:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola noyabr oyida klub rahbariyati bilan muzokaralar olib boradi, deya xabar beradi The Telegraph nashri. Futbolchining vakili mijozining kelajagi borasida gaplashadi.

Tecno

Bu hafta frantsiyalik o‘yinchi va Joze Mourino o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan, shuning uchun u sardorlik bog‘ichidan mahrum qilindi. Shundan so‘ng ular o‘rtasida mashg‘ulotlar maydonida tortishuvli dialog bo‘lib o‘tgan, aynan shu lahva kameraga muhrlanib qolgan.

Pogba “Manchester Yunayted” 2016 yili 89 million funt sterling evaziga qaytgan edi. Rayola klub vakillari bilan uchrashib, yanvarda yoki kelasi yili yozda frantsiyalik futbolchini sotish haqida muzokaralar o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!