Professional bokschimiz Husniddin Po‘latov Seulda g‘alaba qozondi
O‘zbekistonlik professional bokschi Husniddin Po‘latov o‘zining navbatdagi jangini bugun Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazdi.
Mazkur qarama-qarshilikda unga xitoylik Jo Lyu Dong raqiblik qildi. 66 kg vazn toifasida o‘tgan jang 6 raund davom etib, bellashuv yakunlariga ko‘ra, hamyurtimiz bir ovozdan g‘olib deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, bokschimiz Hozirda bokschimiz Bobur Najmiddinov qo‘l ostida Janubiy Koreyaning "Cocky Buffalo" promousheni tarkibida faoliyat olib borayapti.

– Avvalombor barcha yurtdoshlarimga salom yo‘llab qolaman. Koreyadagi janglarimni ham g‘alaba bilan boshlab oldim. Buning uchun meni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga, yurtdoshlarimga o‘z minnatdorlimgimni bildiraman. Shu o‘rinda ustozim Bobur Najmiddinovga ham rahmat. Jangdagi g‘alabamda uning hissasi katta. Umid qilamanki, biz birgalikda ana shunday g‘alabali seriyalarni davom ettiramiz, – deydi Husniddin Po‘latov.

Fikrlar