
Pulishich Klopp qo‘l ostida o‘ynamoqchi
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Kristian Pulishich faoliyatini APLda davom ettirishga rozi, faqat uning transferi borasida muzokaralar o‘tkazayotgan “Chelsi”ga o‘tmoqchi emas.
London Evening Standard tarqatgan xabarga qaraganda 20 yoshli AQShlik futbolchi Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul”da o‘ynamoqchi.
O‘z navbatida nemis klubi iqtidorli futbolchi uchun 79 mln evro talab qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Pulishich joriy mavsum “Borussiya” Dortmund safida jami 14ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar