Pulishich futbol tarixidagi eng qimmatbaho amerikalikka aylandi
"Borussiya" Dortmund hamda "Chelsi" jamoalari aqshlik vinger Kristian Pulishichning transferini kelishib olishdi. Unga ko‘ra, londonliklar 20 yoshli futbolchi uchun nemis klubiga 64 mln evro to‘laydigan bo‘lishdi.
Shu tariqa Pulishich amerikalik eng qimmatbaho futbolchiga aylandi. Bundan oldingi rekord Jon Bruksga tegishli edi. 2010 yilda Bruks uchun "Volfsburg" 22 mln evroni ayamagan edi.

Fikrlar