Pyanich "Yuventus"ning ushbu mavsumdagi eng asosiy maqsadi haqida gapirdi
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanich Chempionlar ligasida g‘olib chiqish jamoasining ushbu mavsumdagi asosiy maqsadi ekanligini aytdi.
“Shubhasiz, Chempionlar ligasi “Yuventus” va uning muxlislarining asosiy maqsadi. Jamoa o‘z kuchiga ishonadi va biz ham imkon qadar barcha musobaqalarda g‘olib chiqishni xohlaymiz. Biz buni uddalashimiz uchun etarli kuchga egamiz”, - deydi bosniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning “H” guruhida kurash olib borayotgan “Yuventus” o‘tgan 3ta turning barchasida g‘alaba qozondi va ular ayni damda guruh peshqadami hisoblanishadi.

Fikrlar