Pyanich uchun yana bir da’vogar paydo bo‘ldi

  • 21.07.2018 22:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliyaning "Manchester Siti"  klubi ham "Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanich uchun jiddiy kurashga qo‘shildi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” 28 yoshli bosniyalik futbolchining transferi uchun 100 mln evro sarflashga tayyor. Boisi, Pyanichning xizmatlariga shaxsan jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning o‘zi qiziqish bildira boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Pyanich uchun "Barselona" va "Chelsi" klublari ham kurash olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!