Pyanichga APLdan xaridor chiqdi
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanich faoliyatini premer-ligada davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga qaraganda 28 yoshli bosniyalik futbolchiga Londonning “Chelsi” klubi qiziqish bildira boshlagan. “Aristokratlar” Pyanichni jamoani tark etishi kutilayotgan Eden Azarning o‘rniga munosib ko‘rishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Yuventus”ning yangi a’zosi Krishtianu Ronaldu rahbariyatdan Pyanichni sotmaslikni so‘ragani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar