
Pyongchangda qishki Olimpiada bellashuvlari boshlandi (foto)
Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari boshlandi. Garchi nufuzli musobaqaning ochilish marosimi ertaga bo‘lsa-da, ayrim sport turlarida saralash bahslari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, ayni lahzalarda kyorling bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Mikst yo‘nalishida kechayotgan guruh bosqichining birinchi turida bir qator natijalar ma’lum. AQSh terma jamoasi rossiyalik sportchilardan tashkil topgan, lekin Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi bayrog‘i ostida ishtirok etayotgan jamoani 9:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu va boshqa uchrashuvlar natijasi bilan tanishing:
AQSh – ROS (Rossiyalik Olimpiya sportchilari) 9:3
Kanada – Norvegiya 6:9
Koreya Respublikasi – Finlyandiya 9:4
Xitoy – Shveytsariya 5:7
Fikrlar