"Qo‘qon-1912" – AGMK o‘yini chiptalari sotuvga chiqdi
Ertaga, 18 iyul kuni "Qo‘qon-1912" o‘z maydonida Olmaliqning AGMK futbolchilarini qabul qiladi. Bo‘lajak bahs judayam qiziqarli va shiddatli o‘tishi shubhasiz.
Qo‘qonliklar matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, "Qo‘qon-1912" – AGMK o‘yini uchun chiqarilgan chiptalar "Markaziy" stadion kassalarida sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Qo‘qon-1912" – AGMK uchrashuvi 18 iyul kuni soat 20:00 da start oladi.

Fikrlar