
“Qo‘qon-1912” – “Metallurg”. Kuchlar deyarli teng
13 iyul, juma kuni Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohda PEPSI Superligasi 14-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Metallurg” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Qo‘qonliklar matbuot xizmati mazkur jamoalarning o‘zaro o‘yindagi statistik ma’lumotlarni taqdim qildi.
18-uchrashuv arafasida
O‘zbekiston chempionatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan bekobodliklar bilan "Qo‘qon-1912" klubi shu kunga qadar 17 marta maydonga tushgan. Mazkur uchrashuvlarning sakkiztasida qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. Ettita bahsda “Metallurg” g‘alaba qozongan. Ikkita o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 27-25 "Qo‘qon-1912" foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 26 ochkoni qo‘lga kiritgan. Bekobodliklar hisobida 23 ochko mavjud .
Qo‘qonda o‘tgan barcha uchrashuvlar:
22.04.2017 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 3:0
17.09.2016 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 2:1
25.10.2015 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 2:1
13.09.2003 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 4:0
23.11.2002 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 1:0
29.04.2000 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 2:0
02.10.1999 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 5:1
05.09.1998 «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 1:1
Fakt: Bekobodliklar shu kunga qadar biror marta Qo‘qonda g‘alaba qozona olishmagan. “Qo‘qon-1912” esa o‘z maydonidagi ettita bahsda raqibdan ustun kelgan.
Yirik g‘alabalar
"Qo‘qon-1912" ushbu jamoani uch marta yirik hisobda dog‘da qoldirishgan – 1999 yilda 5:1, 2003 yilda 4:0, 2017 yilda 3:0. O‘z navbatida “Metallurg” ham ikki marta jamoamizni yirik hisobda mag‘lub etgan – 2000 yilda 6:1, 2017 yilda 3:0. O‘zaro o‘yinlarda qayd etilgan duranglar esa ushbu jamoalarning birinchi va ikkinchi uchrashuvlarida ya’ni, 1998 yildagi bahslarda qayd etilgan. 19 yildan beri bu klublar to‘qnashuvida durang natija kuzatilayotgani yo‘q.
Murabbiylar
Yana bir qiziq ma’lumot. Ushbu jamoalarni boshqarayotgan har ikki bosh murabbiy – Andrey Shipilov va No‘’mon Hasanovlar “Paxtakor” jamoasida birga ishlashgan. Ushbu bahs ularning bosh murabbiylikdagi ikkinchi to‘qnashuvi bo‘ladi.
Qo‘qondagi bahsni kim boshqaradi?
Ma’lumki, 12-13 iyul kunlari PEPSI Superligasida qoldirilgan 14-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Tur doirasidan o‘rin olgan uchrashuvlarga hakam, nazoratchi hamda komissarlar tayinlandi. Unga ko‘ra, 13 iyul kuni Qo‘qonda o‘tkaziladigan “Qo‘qon-1912” – “Metallurg” uchrashuvini Viktor Serazetdinov boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo‘lishdi.
PEPSI Superliga, 14-tur
“Qo‘qon-1912” - “Metallurg”
Boshlanish vaqti – 20:00
Hakamlar: Viktor Serazetdinov, Shavkat Fayziev, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Shavkat Nasibullaev.
Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘aev.
Komissar: Baxtiyor Namozov.
Boshlanish vaqtlari
Mazkur uchrashuv 13 iyul kuni soat 20:00da “Markaziy” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Ertaga esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari maydonga tushishadi.
Fikrlar