RPL. "O‘zbekcha derbi"da Afoninning jamoasi ustun keldi

  • 6 oktabr, 2018, 20:26
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, "Rostov" safida hamyurtimiz Eldor Shomurodov, "Orenburg"da esa yana bir yurtdoshimiz - Vadim Afonini to‘p tepadi.

"Rostov-Arena"da kechgan o‘zbekcha derbida Afoninning jamoasi ustun keldi - 1:0. Vadim uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynab, hakam tomonidan ogohlantirildi.

Shomurodov esa ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!