Rahima Yo‘ldosheva rossiyalik raqibasidan ustun keldi

Bugun dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisi bahslarining so‘nggi kuniga start berildi.

Ushbu kun dastaridan o‘rin olgan bellashuvlarda ayollar o‘rtasida +78 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Rahima Yo‘ldosheva rossiyalik Dariya Karpovaga qarshi tatamiga ko‘tarildi.

Ushbu bahsda hamyurtimiz raqibasi ustidan vazare bahosi evaziga g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!