Rasman! Evro-2024 Germaniyada bo‘ladi

  • 27 sentabr, 2018, 18:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan biroz avvalroq UEFA ijroqo‘mi 2024 yilgi Evropa chempionatiga mezbonlik qiluvchi mamlakat nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra ovoz berish jarayonlarida Germaniya bu borada o‘ziga raqobatchi hisoblangan Turkiyani ortda qoldirishga erishdi. Ta’kidlash kerakki, Evro-2024 mezbonligiga aynan mana shu ikki mamlakat da’vogarlik qilayotgan edi.

Evro-2024 uchrashuvlariga Germaniyaning 10ta shahri mezbonlik qiladi. Berlin, Myunxen, Dortmund, Gelzenkirxen, Shtutgart, Gamburg, Dyusseldorf, Kyoln, Leyptsig va Frankfurt shular jumlasidandir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!