Rasman! Mahmud Muradovning chempionlik jangidagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Aralash yakkakurash janglarida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik Maxmud Muradov o‘zining navbatdagi jangini 25 iyun kuni o‘tkazadigan bo‘ldi.
Uning bu galgi raqibi xorvatiyalik Zoran Dod bo‘ladi. Sportchilar mazkur qarama-qarshilikda XFN versiyasi bo‘yicha vaqtinchalik jahon chempionligi uchun kurash olib borishadi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida bo‘lib o‘tgan navbatdagi bellashuvda anchayin tajribali braziliyalik David Ramiresga qarshi ringga ko‘tarilgan va jarohat olib jangni davom ettira olmagan edi.
Musobaqa tashkilotchilari tezda boshqa raqib topib, Mahmudning turnirda qolishini ta’minlashdi.
Ma’lumot uchun: X Fight Nights MMAning yangi, professional va o‘z-o‘zini moliyalashtiradigan ligasi himoblanadi. XFN arenalarida jahon darajasidagi eng yaxshi jangchilar o‘zaro to‘qnash keladilar. XFN sportda endi porlayotgan yulduzlar ajoyib imkoniyat hamdir.

Fikrlar