Ravshan Ermatov brigadasiga navbatdagi o‘yin topshirildi

  • 19 yanvar, 2019, 13:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
20 yanvardan Osiyo Kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvlar boshlanadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur bosqichda Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi. 

Guruhdoshimiz Yaponiya terma jamoasi esa nimchorak finalda Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yinni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqaradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Darvoza ortida Valentin Kovalenko va bahraynlik Navof Shukrullo ishlaydi.

Yaponiya - Saudiya Arabistoni uchrashuvi 21 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!