Rio-2018 Olimpiya o‘yinlarining yana bir sovrindori MOQ prezidenti qabulida bo‘ldi

  • 02.05.2018 08:00
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Rio 2016 Olimpiya o‘yinlari va Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Murodjon Ahmadaliev Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurib, tashkilot rahbari Umid Ahmadjonov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida bokschi AQShda olib borayotgan professional faoliyati, u erda o‘tkazgan ikkita jangi, navbatdagi rejalari haqida gapirib berdi.

O‘z o‘rnida Umid Ahmadjonov huddi Shahram G‘iyosovdek, Murodjonni ham Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarida ko‘rish istagi bor ekanligini ma’lum qildi.

Murodjon Ahmadaliev esa bunga javoban, agar imkoniyat tug‘iladigan bo‘lsa jon deb Yaponiyadagi o‘yinlarda terma jamoamizga yordam berishini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Umid Ahmadjonov boshqa bir bokschimiz Shahram G‘iyosov bilan uchrashuv o‘tkazgani va uning Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!