“Roma” Riyad Mahrezga da’vogarlik qilmoqda

  • 13 iyul, 2017, 10:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Italiyaning “Roma” jamoasi Angliyaning “Lester” klubi yarim himoyachisi Riyod Mahrezga qiziqmoqda.

Rimliklar sport direktori Monchining ma’lum qilishicha, “Roma” ingliz klubi bilan Mahrezning transferi borasida kelishishga tayyor. “Roma” Mahrezni “Liverpul”ga sotib yuborilgan Muhammad Salahga o‘rinbosar sifatida qaramoqda.

Rimliklar mazkur trasfer uchun uchun 30 million funt to‘lashga tayyor, ammo “Lester” jazoirlik futbolchini 50 million funtdan kamiga sotish niyati yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!