"Roma" qishda "Borussiya" Dortmund futbolchisini ijaraga olmoqchi
Rimning "Roma" klubi "Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Yulian Vayglni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “bo‘rilar” 23 yoshli germaniyalik futbolchini qishda dortmundliklardan 1,5 yilga ijaraga olishmoqchi. O‘z navbatida bu taklif “Borussiya”ni ham qoniqtirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Borussiya” Vayglni 2015 yil “Myunxen 1860” klubidan 2,5 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum dortmundliklar safida jami 7ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar